Hazrat Navoiy tavalludining 581 yilligi munoasabati bilan tadbir o‘tkazildi

Jomboy tumanlarar  iqtisodiy sudi tashabbusi bilan Bulung‘ur tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Navoiy izdoshlarimiz" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda sud raisi N.Tursunova A.Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan barchani qutlab, ushbu buyuk shaxsning merosini asrab avaylash va uni avlodlarga yetkazish bo‘yicha fikrlarini aytib o‘tdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng, sud raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Mamlakatimizni 2021 — 2022 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsadlari bo‘yicha batafsil tushunchalar berib o‘tdi.

N.E.Tursunova, 

Jomboy tumanlararo iqtisodiy sudi raisi 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM