Bulung‘ur tumani hokimi: Yerning bir qarichini ham qadrlashimiz, undan samarali foydalanishimiz shart!

Bahor yaqinlashmoqda. Tabiat uyg‘onish arafasida. Shunday bir pallada joylarda bahorgi jarayonlarga tayyorlargik ishlari boshlab yuborilgan.

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun Yangiariq mahallasidagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanish, bahorgi ishlarga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

Kuzatishlardan ma’lumki, joylarda ishlar yetarli darajada tashkil etilmagan. Bog‘-tok oralari begona o‘tlardan tozalanib, shudgor qilinmagan. Joylarda bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmayotganligi ma’lum bo‘ldi.

-Yerdan samarali foydalaning, aks holda yerni zaxiraga qaytarib, undan samarali foydalanish choralarini ko‘rishga majbur bo‘lamiz, deya ta’kidladi tuman hokimi tadbirkorlar va fermerlar bilan suhbat davomida.

Yangiariq maallasi misolida tumanning boshqa hududlaridagi qishloq xo‘jaligi yerlari, bo‘sh turgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga tanqidiy nazar tashlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

Hududlarni ko‘zdan kechirish davomida tuman hokimi mahalliy aholi vakillari bilan suhbatda bo‘lib, ularning taklif hamda murojaatlarini tingladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM