“Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili yuzasidan 2021-yil sarhisobi

Muhtaram prezidentimizning tashabbuslari bilan Davlat soliq tizimi xodimlari “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlik subyeklariga ko‘maklashish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda o‘rganib, zarur hollarda ushbu muammolarni o‘sha joyning o‘zida hal etilishida amaliy yordamlar ko‘rsatilib kelinmoqda.

Ushbu tamoyil Bulungur tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining 2021-yilgi xizmat faoliyati davomida asosiy mehnat omili sifatida qaralib, ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘tgan 2021-yilgi mexnat faoliyatimizni sarhisob qilsak, yil davomida inspeksiya xodimlari tomonidan tumanimizda faoliyat yuritib kelayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jami 788 tasiga turli darajadagi amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Ulardan 194 tasiga dastlabki buxgalteriyasini yuritishida, 95 tasiga soliq qarzdorliklarini aniqlashda, 121 tasiga soliq rejimini tanlashlarida va shaxsiy hisob-varaqlaridan nusxa taqdim qilishlarida, 56 tasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirish hamda shaxsiy hisobvarag‘ida mavjud ortiqcha soliq to‘lovini qaytarib berishda, 228 tasiga soliq tizimiga hamda boshqa tashkilotlarga aloqador bo‘lgan amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Bundan tashqari yil davomida inspeksiya xodimlari tomonidan audio, video, radiouzel hamda tumanimiz internet tarmoqlari orqali “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili xamda amaldagi soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar yoritilib soliq to‘lovchilar xamda fuqarolarga yetkazib borildi. Jumladan 2021-yil davomida jami 24 marotaba, markaziy televideniya orqali 1 marotaba, mahalliy televideniya orqali 2 marotaba, 11 marotaba gazeta, jurnallar orqali, 7 marotaba radioeshittirishlar xamda 3 marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali videolavhalar namoyish qilindi.

Bulung‘ur tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tumanimizdagi barcha tadbirkorlarga sidqidildan ko‘makchi va ushbu yo‘nalishda inspeksiya xodimlari ularni hamisha hamkorlikka chorlab qolamiz.

Qo‘shimcha savollar yuzasidan soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetlari orqali yoki  (93) 720-94-94 raqamiga murojaat qilishlari mumkin.                                            

 

Bulungur tumani DSI “TQQ” sho‘basi boshlig‘i Otabek Karimov

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM