Mahallaning o‘z binosi bo‘lsin...

Bulung‘ur tumanida 55 ta mahalla bor. Biroq, hamma mahallalar ham o‘z binosiga ega emas yoki mahalla binolari talab darajasida emas. So‘nggi yilllarda yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli mahalla binolariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, birgina 2021-yilda tumandagi 7 ta mahalla binosi yangidan qurilgan bo‘lsa, 9 ta mahalla binosi mukammal ta’mirlandi. Ayni vaqtda 6 ta mahallalarda mahalla binosi qurilishi jarayonlari davom etmoqda.

Bu boradagi ishlar joriy 2022-yilda ham davom ettiriladi. Jumladan, joriy yilda 6 ta mahalla binosi qurilishi, yana 6 ta mahalla binosi ta’mirlanishi re’jalashtirilgan.

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun tumandagi Sarqipchoq, Mirzaariq, Nebo‘sa mahallalarida bo‘lib, mahalla binosi qurilishi uchun taklif etilayotgan joylar bilan tanishdi. Ularning joylashgan o‘rni, aholining kelish-ketishi uchun qulayligi, atrofida joylashgan maishiy va infratuzilma obyektlariga e’tibor qaratildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Mirzaariq va Nebo‘sa mahallalarida mahalla binosi qurilishi uchun joy tanlandi, Sarqipchoq mahallasi yuzasidan qo‘shimcha takliflar o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi.

Tuman hokimi mahallalarda yurar ekan, tadbirkorlar, fuqarolar bilan suhbatda bo‘lib, aholining kayfiyati, re’jalari bilan tanishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM