Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirkorlarga yaratilayotgan qulayliklar, Bulung‘ur tumanida mavjud imkoniyatlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

 

Mavzu yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. J.Razzoqov hamda tuman DSI boshlig‘i Sh.Eshmurodov tomonidan ma’lumot berildi.

 

Mas’ullar tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, bugungi kunda tumanda 3811 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2021 yilda 422 ta yangi kichik biznes subyektlari tashkil etilgan. Jumladan, 238 ta MChJ, 154 ta oilaviy va 26 ta xususiy korxona, 4 ta ishlab chiqarish kooperativlari tashkil etildi.

 

Tijorat banklari tomonidan 2021-yilda aholining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar bo‘yicha jami 1436 ta loyihalarga jami 34 mlrd 338 mln.so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi. Birgina “Har bir oila – tadbirkor” dasturi asosida 1255 ta loyihaga 29 mlrd 963 mln.so‘m imtiyozli bank kreditlari ajratilgan.

 

Bugungi kunda mas’ullarning 2022-yilda rejalashtirilgan asosiy vazifalari ham aniq belgilab olingan. Bunda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilarining yordamiga ham suyaniladi. Ta’kidlanishicha, hokim yordamchilari uchun jami 79 144,4 mln.so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda. Ushbu mablag‘lar mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirishga yo‘naltiriladi.

 

Ma’lumot o‘rnida qayd etish lozimki, bugungi kunda «E-IJRO AUKSION» savdo maydonchasida tumandan 490 ta yer maydonlari tanlab olinib, 363 ta yer maydonlari savdoga qo‘yilgan. Jami 16.2 ga. yer maydonda 8 ta kichik sanoat zonalari tashkil etilishi ko‘zda tuilgan.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM