Bulung‘urlik mashhur baxshining yubileyiga tayyorgarlik ishlari muhokama etildi

Joriy yilda bulung‘urlik mashhur baxshi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tavalludining 150 yilligi keng nishonlanishi kutilmoqda.

 

Ayni kunlarda jarayonlarga dastlabki tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Shu munosabat amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov raisligida muhokama qilindi.

 

Tumandagi madaniyat, turizm vakillari, faollar, tuman bosh imom hatibi,  Sherqo‘zi baxshi, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining nevarasi Narzulla Yo’doshev, qurilish, arxitektura sohasi mas’ullari ishtirokida o‘tkazilgan muhokamalar davomida kelgusi vazifalar belgilandi.

 

Xususan, festival o‘tadigan joylarni hozirlash, unga olib boruvchi yo‘llarni obodonlashtirish, yangidan qurilishi re’ja qilinayotgan mujey uchun eksponatlarni jamlash, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li hayoti va ijodiga bag‘ishlangan turkum maqolalar, kitoblar chop etish ishlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM