Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi

Tadbirda Bulung`ur tumanida jamoat xavfsizligini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 

Mavzu yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.Raupov hamda Bulung‘ur tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi xavfsiz mahalla faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamatov ma’lumot berishdi.

 

Tadbirda ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-sonli Farmoniga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etildi. Departament uning hududiy bo‘linmalari tarkibiga:

Jamoat tartibini saqlash,

Huquqbuzarliklar profilaktikasi,

Yo‘l harakati xavfsizligi,

Probatsiya xizmatlari kirishi belgilangan.

 

Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM