Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilindi

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov raisligida o‘tkazilgan yig’ilishda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligi, belgilangan vazifalarning ijro holati, kelgusi zaruriy choralar muhokama qilindi.

Muhokama yig‘ilishida sektor rahbarlari, “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi rahbariyati va vakillari, tumandagi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq tashkilotlar rahbarlari, agrofirmalarning rahbarlari, tumandagi tijorat banklari rahbarlari, femerlar, tadbirkorlar, klasterlar vakillari ishtirok etishdi.

Kun tartibida kuzgi-qishki irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarining bajarilishi hamda 2022-yil uchun hududlarda suv tejovchi texnolgiyalarni joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, 2022-yilgi bahorgi dala ishlari uchun qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash, boshoqli don ekinlari parvarishi byo‘icha kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida hududlarda bahorgi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari sust ketayotganligi tanqid ostiga olinib, mas’ullardan holat yuzasidan izoh so‘raldi. Xususan, o‘rganish natijalariga ko‘ra, “Ravshan”, “Hamroqul To‘ychiev”, “Jamshidbek Alimov”, “Islom”, “Umar hoji”, “Vodiy”, “Tolibov Zoxidjon”, “Oq chashma”, “Beshqo‘ton Iskandar dalasi” fermer xo‘jaliklari tomonidan ichki ariqlar qazilmagan, g‘alla maydonlariga hosil handaqlari qazilmagan, mahalliy o‘g‘it jamg‘arilmagan.

Yig‘ilish davomida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish chorasini ko‘rish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, yig‘ilish yakuniga ko‘ra, bugunning o‘zida “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyati boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan tumandagi 16 ta agrofirmaning barchasida o‘rganish ishlari olib borilishi belgilandi. O‘rganish natijalari kelgusi muhokama yig‘ilishlarida tahlil qilinadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM