Hokim yordamchilarining loyiha takliflari o‘rganildi

Bulung‘ur tumani Qirqshodi mahallasida tuman hokimi Samandar Astonovning tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2-sektor rahbari - tuman prokurori, mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha tumanga biriktirilgan Respublika vakili, Qirqshodi, Kaptarxona, Dehqonobod, Elobod va Mirzaariq mahallalaridagi hokim yordamchilari, mahalla raislari, tijorat banklari rahbarlari, kadastrlar palatasi, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va qurilish bo‘limi mas’ullari, mahalliy tadbirkorlar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida tuman hokimi har bir mahalladagi hokim yordamchilarining mahallani jtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasidagi loyihalari bilan tanishdi. Tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘lib, ularning muammo va takliflarini tingladi. Har bir taklif va bildirilgan muammolar yuzasidan shu joyning o‘zida mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, natijasi yuzasidan hokim yordamchilari orqali ma’lumot olishini ma’lum qildi.

Uchrashuvda yuqoridagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlardan bir guruhiga “Eng ko‘p sarmoya kiritgan”, “Eng ilg‘or tadbirkor ayol”, “Sahovatpesha tadbirkor”, “Eng faol tadbirkor”, “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor”, “Intizomli soliq to‘lovchi”, “Eng yosh tadbirkor” va “Keng tarmoqli tadbirkor” nominatsiyalari bo‘yicha faxriy yorliqlar topshirildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM