Bulung‘urda sport e’tibordan chetda emas

Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashi hamda tuman hokimligi muassisligidagi “Bulung‘ur hayoti” gazetasining telegram sahifasi  orqali “MAQOLANI  O‘QIDIM... VA AFSUSLANDIM” nomli material e’lon qilindi.

 

Unda “Diyor” o‘yingohining qarovsiz qolganligi tanqid ostiga olingan. Bulung‘ur mahallasida joylashgan mazkur stadionning tomoshabinlar o‘tirish joyi, sportchilar kiyim almashtirish xonalari 2013-yil 26-may kuni sodir bo‘lgan yer silkinishi natijasida qattiq shikastlangan. Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xulosasiga asosan yaroqsiz deb topilgan. Bugungi kunda ushbu ob’ektlardan foydalanilmaydi.

Hozirgi kunda tumanning asosiy sport tadbirlari Gulzor mahallasidagi 2-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi (1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabi filiali) sport maydonida o‘tkazilib kelinmoqda. Zamon talablariga to‘liq javob beruvchi mazkur sport maktabi 2019-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 8 mlrd.  mablag‘ evaziga qurilib, jihozlangan.

Tumanda sport sohasi e’tibordan chetda qolmaganligini sportchilarni rag‘batlantirish uchun tuman mahalliy budjetidan birgina 2021-yilda 200 mln. so‘m mablag‘ ajratilganligidan ham anglash mumkin. Qolaversa, 2021-yilda 100 mln. so‘m mablag‘ evaziga Navbahor mahallasida 2 ta, Guliston mahallasida 2 ta, Bulung‘ur mahallasida 1 ta, Mehrjon mahallasida 2 ta Work-out sport maydonchalari tashkil etildi.

Shuningdek aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib chiqish maqsadida tuman markazidagi O‘zbekiston, Uvaysiy, Farobiy, Sayilgoh, hamda Do‘stlik ko‘chalarida jami 8 km masofada velosiped yo‘laklari va piyodalar yo‘lagi barpo etish hamda tungi yoritish ustunlari o‘rnatish uchun 5 mlrd. 803 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda ishlar yakunlangan.

Tumanda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida Mo‘minjon Abdullayev sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha Tokio-2020 olimpiyadasi yo‘llanmasini qo’lga kiritdi, Turdibekova Sitora Dubay shaxrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida faxrli 1-o‘rinni egalladi, Taekwondo WTF sport turidan Muxtorov Sanjar Osiyo chempionatida qatnashib faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Umuman olganda bugun tumanda sport rivoji e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Xususan yuqorida so‘z yuritilgan 1-sonli bolalar-o‘smirlar sport maktabini Dasturga kiritish yuzasidan yuqori turuvchi idoralarga taklif kiritilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM