Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi

Bulung‘ur tuman hokimligida navbatdagi siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, maslahatchilari, bo‘lim va guruh rahbarlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

O‘quv soatida hokim o‘rinbosari - mahalla va oilani qo‘llab quvatlash bo‘limi boshlig‘i Abduvali Hazratqulov so‘zga chiqib, 2022-yilning “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan tizim oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘quv soati davomida hokim maslahatchisi G‘ayratjon Shamanov so‘zga chiqib, yaqinlashib kelayotgan vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusida ma’ruza qildi. Bunda qurolli kuchlarning rivojlanish strategiyasi, Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

 

Shuningdek, o‘quv soati davomida tuman hokimligida ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash borasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilinib, barcha o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi ta’kidlandi.

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM