Qishloq xo‘jaligida ariq va zovurlarni tozalash yuzasidan seminar o‘tkazildi

Joriy yil 6-yanvar kuni Bulung‘ur tumani Mingchinor agrofirmasidagi “Beshbola bahor” fermer xo‘jaligida fermer va dehqonlar uchun ariq va zovurlarni tozalash yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Bulung'ur tumanida 2021-2022 yillar kuzgi-qishki irrigatsiya melioratsiya tadbirlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish va o‘tkazish, 2022 yilda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha bajarilishi lozim ishlar yana bir bor kelishib olindi.

 

Xususan, ayni vaqtga qadar, 4.6 km  xo‘jaliklararo sug‘orish tarmoqlari mexanizm yordamida tozalangan, 11 ta xo‘jaliklararo kanallardagi gidrotexnik inshootni ta’mirlash ishlari bajarilgan. 20 ta gidropost ta’mirlangan. 28,5 km xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarni mexanizm yordamida tozalash ishlari, 420.5 km xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini qo‘l kuchida tozalash ishlari bajarilgan. 20 ta xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlaridagi gidrotexnik inshootlari ta’mirlangan, 45 ta holatda xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlaridagi suv olish quloqlarini kichik darvozalar bilan jixozlash va ta’mirlash ishlari bajarilgan.

Shuningdek, 15-yanvarga qadar 12.7 km xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini mexanizm yordamida tozalash, 15 ta gidrotexnik inshoot va 17 ta gidropostni ta’mirlash hamda 2 ta nasos agregati va 7 ta sug‘orish qudug‘ini ta’mirlash ishlari bajarilishi belgilangan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM