Tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanadi, biroq u qonuniy bo‘lishi lozim

Bulung'ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun tumandagi Navbahor  mahallasida tadbirkorlik muhiti bilan tanishdi. Xususan, tuman hokimi mahallada qurt ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgan aholi xonadonlarida bo‘lib, jarayonlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Tadbirkorlar bilan suhbat davomida ma’lum bo‘lishicha,  mahsulotning shakli va tarkibiga ko‘ra turi ko‘p. Narxi ham turlicha bo‘lib, mahsulotlar Toshkent shaxri hamda vodiy viloyatlariga yuboriladi. Ular tayyor mahsulotni qadoqlab, xorijga eksport qilishadi. Tuman hokimi mahsulotni qadoqlash vositachilar orqali emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilish masalalariga e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlab, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Dilshod Habibullaevga bu borada takliflar ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

O‘rganish davomida tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda yanada kengaytirish, shu bilan birgalikda, ro‘yxatdan o‘tmagan tadbirkorlar faoliyatini qonuniylashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM