Chorbog‘ mahallasida hokim yordamchisining takliflari o‘rganildi

Bulung'ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun tumandagi Chorbog' mahallasida bo‘lib, mahallada tadbirkorlik muhiti bilan tanishdi.

 

Tuman hokimi mahalladagi yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishib, sotuvchi va xaridorlar bilan suhbatda bo‘ldi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, hokim yordamchisining qishki muddatda aholi bandligini ta’minlash borasidagi re’jalari bilan tanishdi.

Hokim yordamchisi Hoshimov Suhaylxon ishlarni “Bir ko‘cha - bir mahsulot” tamoyili asosida tashkil etish niyatida. Shuningdek, mahalladagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarda 1 sotix maydondan iborat issiqxonalar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bunda aksariyat ishlar, homiylik va hashar yo‘li bilan amalga oshiriladi.

  • Qolaversa, kelgusida mahlliy imkoniyatdan kelib chiqqan holda, uzum va mayizni qaytash ishlash, qadoqlash sexi faoliyatini ham yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz, deydi hokim yordamchisi.

 

Tuman hokimi mahalliy aholi vakillari, tadbirkorlar bilan suhbatlar davomida ularning murojaat va takliflarini ham tinglab, mas’ullarga ko‘rsatmalar berib bordi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM