Bulung‘ur tumanida yer balansi tahlil qilinib, har bir agrofirmaning aniq xaritasi ishlab chiqilmoqda

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-noyabrdagi PQ-20-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ko‘rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.

 

Jarayon davomida tumanda yer balansi tahlili, 2022-yil hosili uchun ekinlarni joylashtirish, zaxiradagi va o‘zboshimchalik bilan egallab olingan qishloq xo‘jaligi yerlari monitoringi va aniqlangan kamchiliklarni bartraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Yakunda qisqa muddatda har bir agrofirma kesimida ekinlar joylashuvini aniq rejalashtirish, har bir agrofirma xaritasini yaratish, unda sug‘oriladigan, lalmi, yaylov yerlar, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan qishloq xo‘jaligi yerlari hamda aholi punktlari chegaralarini aniq ko‘rsatish lozimligi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM