Eksportyor korxonalar muammolari o‘rganildi

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugungi ish kunini tumanda faoliyat yuritayotgan yirik klasterlar, eksportyor korxonalar faoliyati bilan tanishish, ularning yutuq, kamchilik va muammolarini o‘rganishga bag‘ishladi.

 

Tuman hokimi shu maqsadda tumandagi "BULUNGUR SANDVIK" MChJ QK, "METIN BUSINESS FRUITS" MChJ, "Metin Group Impeks" MChJ, "G‘o‘bdin sof parrandlari" MChJ, "Grand Fayz Nur" FX, "SAMARKAND GARDEN PLAST" MChJ QK kabi eksport bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda bo‘lib, ularning faoliyat turi, imkoniyat va kelgusi rejalari bilan joyida tanishdi. Tuman hokimi korxona ishchi xizmatchilari bilan suhbatda bo‘lib, yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘radi.

Korxonalar rahbariyati bilan suhbat davomida har biriga “Faoliyatingizni kegaytirish yoki samaradorlikni oshirish uchun yechimi tuman hokimligi, umuman davlat idoralari bilan bog‘liq qanday muammolaringiz bor?”, mazmunidagi savol berilib, bildirilgan taklif va muammolar ro‘yxatga olindi. Ularni qonun talablari asosida ijobiy hal etish choralarini ko‘rish, yuzasidan zaruriy vazifalar belgilab olindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM