Oqtoshda “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi

Xabar berganimizdek, bugun Bulung‘ur tumani Oqtosh mahallasida “Sektor rahbari va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mahalladagi 30-umumiy o‘rta-ta’lim maktabida o‘tgan uchrashuvda tuman hokimi Samandar Astonov, DXX tuman bo‘limi boshlig‘i Shavkat Mamajonov, sohaga aloqador tashkilotlar, 1-sektor ishchi guruhi a’zolari hamda mahalla yoshlari ishtirok etishdi.

 

Qabul davomida 30 dan ortiq yoshlar ishtiroketdi. Ular tomonidan 10 ta yer masalasi, 1 ta ishga joylashish, 1 ta kontrakt puli to‘lovi, 1 ta kredit olishda amaliy yordam, 1 ta fermerlar maktabida o'qishda amaliy yordam, 1 ta muddatli harbiy hizmatga ketishda amaliy yordam so‘ralib, jami 16 ta murojaat kelib tushdi.

Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaatlarning barchasi ro‘yxatga olinib, 3 ta murojaat joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarni qonun doirasidan chetga chiqmagan holda ko‘rib chiqish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

 

Bu kabi uchrashuvlar tasdiqlangan reja asosida boshqa mahallalarda ham o‘tkazilib boriladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM