Bulung‘ur tumani hokimi ko‘p qavatli uylarda qurilish jarayonlari bilan tanishdi

Bulung‘ur tumani Olmazor mahallasida 5 ta ko‘p qavatli uylar qurilayotganligidan xabaringiz bor. Qurilish ishlari ayni kunlarda yakunlanishi arafasida, hatto, ayrim oilalar ko‘chib kelib, tayyor bo’lgan uylarga joylashmoqdalar.

 

Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov bugun mahallada bo‘lib, qurilish jarayonlari, ishlarning qanchalik sifatli bajarilayotganligi bilan qiziqdi.

Tuman hokimi quruvchi ustalar bilan suhbatda bo‘lib, jarayonlar qay darajada davom etayotganligi, qancha muddatda yakunlanishini so‘radi. Ko‘chib kela boshlagan yoki bo‘lajak xonadonini ko‘rish uchun kelgan fuqarolar bilan suhbatda bo‘lib, ularning kayfiyatari bilan qiziqdi, qanday kamchiliklar borligini so‘radi.

Quruvchilar bilan suhabatda qurilish jarayonlarini sifatli bajarish lozimligini, hech bir fuqaro jarayonlar sifatidan norozi bo‘lmasligi bosh omil ekanligini ta’kidladi.

 

  • Yurtboshimiz aytganlaridek, “Inson qadri uchun!” shiori olib borayotgan islohotlarimizning bosh omili bo‘lishi lozim, shuning uchun ishlarning sifatiga alohida e’tibor berilishi shart, deya ta’kidladi tuman hokimi.
2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM