Bog‘bon mahallasi Bot-bot qishlog‘ini obod qilish masalalari joyida muhokama etildi

Joriy yilda Bulung‘ur tumani Bog‘bon mahallasi Bot-bot qishlog‘i hamda Chorbog‘ mahallasi Chorbog‘ qishlog‘i “Obod qishloq” davlat Dasturiga taklif etilmoqda. Bugun tuman hokimi Samanar Astonov tegishli soha rahbarlari hamrohligida Bot-bot qishlog‘ida bo‘lib, qishloqda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.

 

Xususan, qishloqda mahalla binosi, maktabgacha ta’lim tashkiloti, 19-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi uchun qo‘shimcha bino qurilishi, yo‘l, ichimik suvi, elektr energiyasi ta’minotini yaxshiash, uzluksiz internet bilan bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

-  Qishloqda maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, xususan, nonvoyxona, sartaroshxona, go‘zallik saloni, avtoustaxona, avtobekat kabi zaruriy tadbirkorlik yo‘nalishlari tashkil etilishi kerak. Talab va taklif bo‘lsa, aholi uy-joy qurishi uchun ham zaxiradagi yerlardan ochiq tanlovga chiqarish, aniq loyiha asosida uy-joy qurilishini tashkillashtirish, buning uchun kredit ajratilishi masalalarini ham ko‘rib chiqish lozim, deya ta’kiladi tuman hokimi Samandar Astonov.

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, qishloq va mahallaning bosh rejasi ishlab chiqilishi, unda har bir obyektning joylashuvi re’jali asosda amalga oshirilishi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM