Oqova suvni tozalash tizimida sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tish choralari ko‘rilmoqda

Bulung‘ur tumani markazida oqova suv masalasi ko‘p yillik muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Xususan, tumandagi Navbahor mahallasida 25 sotix maydonda joylashgan “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Bulung‘ur tumani filiali markaziy oqova suv tozalash inshooti 240 metr kub suvni qabul qilishga mo‘ljallangan bo‘lsada, amalda 400 metr kub suv qabul qilmoqda.

 

Ayni vaqtda mazkur muammoni ijobiy hal etish, tarmoqqa ulangan iste’molchilar sonini oshirish va sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda. Shu maqsadda Samarqand viloyati gidrogeologiya meriorativ ekspeditsiyasi rahbari Mahmud Yusupov, “Qishloq qurilish loyiha” MChJ rahbari Jasur To‘xtaev, Bulung‘ur tumani hokimi Samandar Astonov tomonidan muammo joyida o‘rganilib, uning yechimi yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Muammoning yechimi yuzasidan Yangiariq mahallasida Bulung‘urariq kanali yaqinidan 2 gektar yer maydoni ajratilib, yirik quvvatdagi suvni qabul qilish inshooti qurish, jami 9 km tarmoq tortish ishlari amalga oshirilishi taklif qilinmoqda.

 

Muhokamalar yakuniga ko‘ra, tegishli takliflar ishlab chiqilib, yuqori turuvchi idoralarga yuborildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM