Bulung‘urlik 55 nafar ishsizlarga “qarmoq” berildi...

Bulung‘ur tumanida aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash orqali murakkab iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishiga ko‘maklashish maqsadida amaliy choralar ko‘rilmoqda. Shu maqsadda bugun “Temir daftar”da turgan 55 nafar fuqarolarga jami 156 million 200 ming so‘mlik asbob-uskunalar berildi. Xususan, ularga uchun  motokultivator, motopila, payvandlash uskunasi, pishiroq pechi va tikuv mashinalari ajratilib, fuqarolarning yashash manziliga yetkazib berildi.

Uskunalarni topshirishda tuman hokimi Samandar Astonov, sektor rahbarlari va sektor kotiblari, hokim o‘rinbosarlari, mahalla mas’ullari ishtirok etishib, asbob-uskuna ajratilgan aholining yashash uylarida bo‘lishdi.

Tuman hokimi jarayon davomida aholi bilan suhbatda bo‘lib, ularni bayram munosabati bilan tabrikladi, bolalar uchun yangi yil sovg‘alari berdi. Samimiy kechgan suhbatlar davomida fuqarolarning muammo va takliflari, kelgusi rejalari haqida surishtirdi.

-  Ish yo‘q deydigan vaqt o‘tdi. Bugun yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Umuman, o‘z qobiliyatingiz, imkoniyatingizga ko‘ra qaysi sohada faoliyat yuritishni istasangiz ham, sizni qo‘llab-quvvatlash va ko‘makdosh bo‘lishga tayyormiz, deya ta’kidladi tuman hokimi fuqarolar bilan suhbat davomida.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM