2022-yilgi rejalar aniq belgilab olinmoqda

2022-yilda Bulung‘ur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilmoqda. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlariga qarashli komplekslar tizimida 2022-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi kiritilmoqda. Kelgusida mazkur rejalarning ijrosi doimiy nazoratga olinib, tuman Kengashi sessiyalarida hisoboti tinglanib boriladi.

 

Tuman hokimi Samandar Astonov mazkur yo‘l xaritasi bilan tanishib, unga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maslasini ko‘rib chiqdi. Muhokama jarayonida tuman hokimining barcha o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishib, o‘z fikrlari hamda takliflarini bildirdi. Yo‘l xaritasida belgilanayotgan rejalarning qanchalik aniqligi, qaysi bandning ijrosini ta’minlash kimga va nimaga bog‘liqligi, yana nimalarni qo‘shish mumkinligi muhokama etildi.

“Maslahatli osh tarqamas”, deganlaridek, ko‘pdan ko‘p fikr chiqdi. Har bir soha rahbari o‘ziga bevosita aloqador bo‘lgan masalalar yuzasidan takliflarini bildirdi. Yakunda yo‘l xaritasi yanada mukammallashib, yakdil to‘xtamga kelindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM