Tadbirkorlikni rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinmoqda

Bulung‘ur tumani hokimi sektor rahbarlari hamrohligida tumandagi Mingchinor, Qo‘ng‘iroq, Qirqshodi, Kaftarxona mahallalarida bo‘lib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdi.

 

Hokim har bir mahallada tadbirkorlar bilan suhbatda bo‘lib, ularning faoliyati, kelgusi rejalari bilan tanishar ekan, “Qanday muammoyingiz bor?”, “Bizdan sizga qanday yordam kerak?” kabi savollar bilan murojaat qilmoqda. O‘zi suhbatda bo‘lgan tadbirkorlarga o‘zining shaxsiy telefon raqamini berib, tadbirkorligini rivojlantirish, faoliyatini kengaytirish yuzasidan murojaat va takliflari bilan chiqishlari mumkinligini ta’kidlamoqda.

Tuman hokimi mahallalarni ko‘zdan kechirar ekan, tumanda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun birinchi galdagi vazifalarni belgilab olmoqda. Xususan, tumandagi har bir mahallada tadbirkorlik imkoniyatalari to‘liq hatlovdan o‘tkaziladi va bunda asosiy 3 jihatga e’tibor qaratiladi: birinchidan qurilishi bitgan, ammo, hech bir faoliyat turi boshlanmagan binolar, ikkinchidan qurilishi boshlangan, ammo hali bitmagan, uchinchidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer olgan, biroq shu vaqtga qadar qurilishi ham boshlanmagan holatlar aniqlanib, avvalo ular bilan ish olib boriladi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM