Ta’lim tizimidagi kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi

Bugun tuman hokimligi majlislar zalida ta’lim tizimidagi muammolar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada Samarqand viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Q.Saidov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy bo'limi boshlig‘i G‘.Boboxolov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Buriboyev, tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Aliqulova, bo‘lim xodimlari hamda tumandagi umumta’lim maktablari direktorlari ishtirok etishdi.

Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan e’lon qilingan “Milliy reyting” natijalari tahlili to‘g‘risida hamda 2021-2022 o‘quv yilida “Milliy reyting” jarayonlarida ishtirok etadigan (13-, 23-, 33-, 37-, 43-, 46-, 62-maktab) umumiy o‘rta ta’lim maktablarida dastlabki amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

  Ma’lum qilinishicha, 8 ta indikator bo‘yicha Samarqand viloyati ta’lim sohasida Respublikada 10-o‘rinni egallagan.

Tuman xalq ta’limi bo‘limi 2021 yil milliy reytingda Respublikada 118-o‘rinni (25,5 ball), viloyatda 8-o‘rinni egallab, o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 2 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan. Eng quyi o‘rinlarda tumandagi 43-maktab (7715-o‘rin), 28-maktab (8414-o‘rin), 57-maktab (8738-o‘rin)lar tashkil etadi.

Bitiruvchilarning bilim darajasi va oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi o‘rtacha 72,8 ballni tashkil etib respublikadagi 207 ta tuman va shaharlarga nisbatan 171-o‘rinni egallagan.

Maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganligi reytingi: 2020 yilda tumandagi umumta’lim maktablarining 2816 nafar bitiruvchilaridan 287 nafari (10,2 foiz) talabalikka qabul qilingan bo‘lib, shunga asosan viloyat bo‘yicha umumta’lim maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinganligi reytingida Bulung‘ur tumani 7 o‘rinda.

Tumanda 2020-2021 o‘quv yilida 69 ta maktablarni 11-sinfini 2771 nafar bitiruvchilar tugatib, shundan 69 ta maktabning 561 nafar bitiruvchisi yoki 20,2% oliy ta’lim muassasalariga talabalikka qabul qilinganligi sababli mazkur o‘quv yilida OTMga kirish bo‘yicha viloyatda 14-o‘rinni egalladi.

Bulung‘ur tumanidagi 35 ta (5-, 6-, 9-, 10-, 12-, 21-, 24-, 25-, 26-, 27-, 28-, 31, 32-, 33-, 34-, 35-, 38-, 39-, 41-, 42-, 43-, 44-, 45-, 53-, 55-, 56-, 58-, 59-, 60-, 61-, 66-, 67-, 68-, 69-, 71-) maktablarda “Oliy” toifali, 3 ta (41-, 53-, 59-) maktablarda “Birinchi” toifali, 3 ta (41-, 53-, 59-) maktablarda “Oliy” va “Birinchi” malaka toifali o‘qituvchilar mavjud emas.

Yakuniy tahlil natijalariga ko‘ra, ingliz tilini bilish Yevropa Ittifoqi talablari ya’ni C1-CEFR darajasi bo‘yicha tumanda bu ko‘rsatgich 0,003 foizni tashkil etib, respublikada 165-o‘rin, viloyatda 6-o‘rindan joy olgan.

 Muhokama davomida bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish uchun, avvalo, ularga olib kelgan omillarni aniqlash va bartaraf etish, ta’lim sifatini oshirish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi lozimligi ta’kidlandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM