Hokim o‘rinbosari boshqarma boshlig‘i bo‘ldi

Bulung‘ur tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanakulov Norbuta Isakulovich 2021-yil 13-dekabridan Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

 

Ma’lumot uchun, N.Sanakulov 1977-yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Bugunga qadar turli mansabdor lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, so‘nggi 8 yil davomida Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari vazifasida faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2021-yil 9-iyulidan buyon Bulung‘ur tumani hokimining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

O‘zining qisqa muddatli faoliyati davomida N.Sanaqulov tumandagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlarga bosh-qosh bo‘lib, samimiy va mehnatsevarligi bilan barchaga o‘rnak bo‘ldi.

 

Tuman hokimligi jamoasi N.Sanaqulovning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab qoladi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM