Bulung‘urda qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni nishonlandi

O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildagi O‘RQ-438-sonli Qonuni bilan, dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” etib belgilangan.

Ushbu sana har yili yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanib kelinadi. Xususan, joriy yil 11-dekabr kuni soha fidoiylarining kasb bayrami Bulung‘ur tumanida ham keng nishonlandi.

O‘tkazilgan bayram tadbirida tuman hokimi Baxodir Baxromov so‘zga chiqib, soha xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladi. Ularga yurtimiz ravnaqi, dasturxonlarimiz to‘kin-sochinligi, oziq-ovqat xavfsizligini taminlashga qo‘shayotgan beminnat xizmatlari uchun minnaddorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng, salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritib kelayotgan, faol, na’munali soha xodimlariga tuman hokimligining faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri bir piyola choy ustida, quvnoq kuy va qo‘shiqlar hamohangligida davom etdi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM