Hokimlik xodimlari uchun navbatdagi o‘quv soati bo‘lib o‘tdi

Joriy yil t11 dekabr kuni Bulung‘ur tuman hokimligi majlislar zalida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining o‘rinbosarlari, bo‘lim, guruh rahbarlari va xodimlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.

 

O‘quv davomida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, Huquqiy savodxonlik loyihasi doirasida hafta davomida qabul qilingan dolzarb normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida, shuningdek, O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ma’lumot berildi.

Bundan tashqari spikerlar tomonidan Konstitutsiya – huquq va burchlarimiz tarozisi, Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar mavzularida ma’ruzalar qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM