Qaynona-kelin munosabatlarida kelinning ham, kuyovning ham o‘z mas’uliyati bor...

Tuman FHDYo binosida oilaviy hayotga qadam qo‘yish ostonasida turgan yoshlar uchun o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbati "Qaynona-kelin mas’uliyati" mavzusida bo‘ldi.

 

Davra suhbatida tuman bosh otinoyisi M.Buronova, tuman targ‘ibot guruhi rahbari N.Mamadiyarova va mahalla otinoyisi, mahalla faollari ishtirok etishib, o‘z hayotiy tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishdilar.

 

Xususan, bo‘lajak kelinlarga oilada qaynona va kelin o‘rtasida samimiy, o‘zaro hurmatga asoslangan, sog‘lom oilaviy munosabatlar tizimini yo‘lga qo‘yish va mustaxkamlash borasida tavsiyalar berildi, bu jarayonda yosh kuyovlarning o‘rni hamda vazifalari tushuntirildi.

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM