Aholi tomorqalarida “to‘qsonbosti” ekish koni foyda

Bugun yerdan unumli foydalanish haqida so‘z borar ekan, sabzavot ekinlaridan kelgusi yili hosil olish uchun to‘qsonbosti muddatlarda ularni ekish ham yaxshi samara beradi.

To‘qsonbosti muddatlarda (noyabr oxiri dekabr boshida) sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan piyoz, sabzi, osh lavlagi, ko‘kat sabzavot ekinlarini urug‘lari sepiladi. Bu muddatda sepilgan sabzavot ekinlarini urug‘lari qishi bilan unmaydi va qishki yog‘ingarchiliklar natijasida urug‘lar tuproqdagi namlikka to‘yinadi va havo harorati 4-5 С bo‘lganda una boshlaydi. Harorat 18-20 С bo‘lganda to‘liq unadi va bahorda ekilganga nisbatan hosil 20-25 kun erta yetiladi.

Ushbu sabzavot ekinlari 70 sm egatlarga 2-3 qatorli yoki sochma usulda sepiladi. Urug‘ sarfi 100 m2 maydonga sabzi 60 g, piyoz 160-200 g, osh lavlagi 160 g ekiladi.

Daromad xam sezidarli darajada ertagi ekinlardan ko‘proq bo‘ladi. Misol uchun: erta bahorgi sabzavot ekinlari narhi 1,5-2,5 ming atrofida bo‘lsa, to‘qsonbosti usulda yetishtirilgan sabzavotlar narhi esa kamida 2,5-4 ming atrofida bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni esa ilova qilinayotgan “Uquv uslubiy qo‘llanma”dan xam olishingiz mumkin. Hurmatli yurtdosh, vaqtni boy bermang, tomorqadan unumli foydalaning!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM