Bulung‘ur tumanidagi har bir mahallada joriy etilayotgan "Hokim yordamchisi" lavozimiga ishlashga taklif etamiz!

Mahallada "Hokim yordamchisi" lavozimida ishlash uchun quyidagi malakaviy talab belgilangan:

1. Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

2. Iqtisodiy sohada kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

3. Rahbar ayollar yoki avval rahbarlik lavozimida ishlagan (lekin, biror jiddiy e’tiroz bilan vazifasidan ozod etilmagan) munosib kadrlarga ustunlik beriladi.

 

Ushbu lavozimda ishlovchilarga qo‘yidagi qo‘shimcha imkoniyatlar yaartiladi:

1. Uzoq hududdan kelib ishlovchi kadrlarga yashash harajatlari to‘liq qoplab beriladi.

2. Oylik ish haqi mahalladagi oilalar soniga qarab 4,5 mln. so‘mdan 5,5 mln. so‘mgacha to‘lab beriladi.

3. Fidoyilik ko‘rsatgan mahalladagi hokimning yordamchisi “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

4. Nomzodlar tarkibida rahbar ayollar hamda avval rahbarlik lavozimida ishlagan (lekin, biror jiddiy e’tiroz bilan vazifasidan ozod etilmagan) munosib kadrlar bo‘lishi kerak.

 

Hokim yordamchisining vazifalari:

1. Mahallada mavjud iqtisodiy vazifalarni yechish.

2. Mahallada tadbirkorlik sub’ektlarini ko‘proq tashkil qilish.

3. Mahallada kooperatsiyalarni tashkil etish.

4. Mahallada ishsiz bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish.

5. Mahalla hududida mavjud bo‘sh turgan binolardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tegishli idoralar bilan birgalikda zarur chora-tadbirlarni belgilash.

6. Mahalladagi ijtimoiy holatni o‘rganib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish.

 

Mahalladagi "Hokimning yordamchisi" lavozimida ishlash istagi bo‘lganlar uchun hujjatlar joriy yilning 15 noyabrigacha qabul qilinadi.

 

Hujjatlar ushbu "mahalladahokimyordamchisi@gmail.com" elektron pochta manziliga yoki telegram orqali +99888 285 85 94 raqamiga yuboriladi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:

-Shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

-Shaxsning ob’ektiv ma’lumotnomasi;

-Mutaxassisligini tasdiqlovchi hujjatlar.

 

To‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish uchun Bulung‘ur tuman hokimligi Tashkiliy nazorat guruhiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlarga bog‘lanishingiz mumkin:

+998 55 701 11 17

+998 66 230 42 75

+998 66 442 20 82

+998 66 442 21 42

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM