"Uzluksiz kasbiy ta'lim" elektron platformasi afzalliklari yuzasidan tushunchalar berildi

Bugun tumandagi 1 va 46-maktablarida (tayanch) "Uzluksiz kasbiy ta'lim" maxsus elektron platformasi va uning o'qituvchilarga afzalliklari hamda xalqaro (PIRLS, PISA, TIMSS, TAlIS) tadqiqotlari haqida batafsil tushunchalar berish maqsadida o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi.

 

Seminarda tuman xalq ta'limi bo'limi boshlang'ich ta'lim fani metodisti N.Toshbekova hamda malaka oshirish hududiy markazi bo'lim boshlig'i J.Eshquvvatov, boshlang'ich ta'lim fani kafedrasi o'qituvchisi D.Rabbanayevalar o'qituvchilarda elektron plarformaning qulayliklari, o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirish bo'yicha o'zlarining metodik tavsiyalarini berdilar.

 

O'quv-amaliy seminari bahs-munozaralar bilan yuqori saviyada tashkil etildi. Yakunda seminarda faol ishtirok etgan boshlangich sinf o'qituvchilariga metodik qo'llanmalar tarqatildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM