Fuqaro muhofazasi xizmatlarining tayyorgarligi ko‘rikdan o‘tkazildi

Bulung‘ur tumanida favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi Ishlarni mexanizatsiyalash yig’ma komandasining tayyorgarlik holatini ko’rikdan o’tkazildi.

Saf ko‘rigiga 11 ta tashkilotlarning 30 ta turli rusumdagi maxsus va muhandislik texnikalari hamda 110 nafar shaxsiy tarkibi jalb etilib, tuman fuqaro muhofazasi hududiy yig’ma komandasining kuch va vositalari shayligi “Yig’in” signali berish orqali, ularni belgilangan joyga yetib kelishlari va tayyorgarligi o’rganildi.

Ko‘rik yakuniga ko‘ra, Bulung’ur tuman fuqaro muhofazasi hududiy yig’ma komandasi kuch va vositalari tuman hududida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etishga “Cheklangan tayyor” deb baholandi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM