Ertaga (22 sentyabr) tumanimizda "Avtomobilsiz kun" aksiyasi o‘tkaziladi

Kun davomida avtotransport egalariga yoqilg‘i sarflaydigan transport vositalaridan foydalanishni to‘xtatish tavsiya etilmoqda. Qayd etish joizki, bu xalqaro darajadagi ramziy aksiya bo‘lib, jamiyatga tabiat va insoniyat uchun avtotransport vositalarining xavfliligini eslatish, shuningdek, muqobil transport vositalarini ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan.

 

Tuman hokimligi barcha bulung'urliklarni aksiyada faol ishtirok etishga va 22-sentyabrda piyoda yoki velosipedda yurishga chaqiradi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM