Sessiya: 2021 yilda 8,5 mln. AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish belgilangan

Xabar berganimizdek, joriy yil 14 sentyabr kuni Xalq deputatlari Bulung’ur tuman Kengashining qirq birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.

 

Sessiyada tumanda investisiyalar jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Xaliqulov hisoboti tinglandi.

 

Hisobotga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-dekabrdagi PQ-4937-sonli qarori bilan 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlangan bo‘lib, ushbu qarorga asosan tumanda 2021-yilda qiymati 8,5 mln. AQSH dollari miqdorida (shundan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 8,5 mln.dollar, yaratiladigan yangi ish o‘rinlari 260 ta) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirish belgilangan.

Jumladan, 2021-yil birinchi yarim yarim yillik rejasi 3,6 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda qo‘shimcha jalb qilingan investitsiya loyihalari hisobidan 5,014 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy invetitsiya va xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirilib, reja 139,3 foizga bajarildi.

 “Kabul Samarqand Green Xouse” MCHJ tomonidan Bog‘dorchilikni rivojlantirish loyihasini amalga oshirish uchun 153 ming dollar miqdorida 20 ming dona nok va xurmo ko‘chatlari xamda tomchilatib sugorish uskunalari olib kelingan.

“Xitoy Besh barmoq qurilish materialari” MCHJ XK tomonidan
 
521 ming dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilib, Xitoy davlatidan keramika plitka ishlab chiqarish uskunalari olib kelingan.

“Metin Group Impeks” MCHJ tomonidan yomg‘irlatib sug‘orish tizimini joriy etish orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish loyihasini amalga oshirish uchun 2021-yilda 961,0 ming dollar miqdorida xorijiy kredit mablag‘lari o‘zlashtirildi.

"METIN BUSINESS FRUITS"  MCHJ qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish va qayta ishlash loyihasini amalga oshirish uchun 1497 ming.dollar miqdorida xorijiy kredit o‘zlashtirildi.

“Bulung‘ur Eksport Import” MCHJ tomonidan chorva mollari va parrandalar uchun ozuqa yem ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun 825 ming dollar miqdorida xorijiy kredit o‘zlashtirildi.

2021 yil uchun belgilangan 8,5 mln.dollar prognoz rejani bajarish borasida quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda;

“G‘o‘bdin Sof Parrandalari” MCHJ tomonidan avgust oyida “parrandachilik xo‘jaligini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish uchun Germaniya va Turkiya davlatlaridan 1,4 mln.dollarlik uskunalar olib kelindi.

"SAMARKAND-KZT EKO MILK COMPANY" MCHJ QK tomonidan ”issiqxona va chorvachilik agrokomleksi tashkil etish” loyihasi doirasida 2,5 mln.dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

"Samarkand Richland International Investment" XK tomonidan “qurilish materiallarini ishlab chiqarish” loyihasi doirasida 1,5 mln.dollar miqdorida to‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtiriladi.

Hududiy investitsiya dasturlari ijro holati:

Tumanda 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 542,1 mlrd. so‘mlik
76 ta hududiy investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 849 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi belgilangan.

Shundan:

         -Sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 201,6 mlrd.so‘m bo‘lgan 14 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 305 ta yangi ish o‘rinlari;

         -Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 60,5 mlrd so‘m bo‘lgan 39 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 306 ta yangi ish o‘rinlari;

        -Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 279,8 mlrd so‘m bo‘lgan 23 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 238 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bugunga qadar:

2021 yil yanvar-avgust oylarida 111 mlrd.120 mln.so‘mlik 390 ta ish o‘rniga ega 53 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, amalda 8 oy yakuniga ko‘ra 116,2 mlrd.so‘mlik 57 ta loyiha ishga tushirilib, 406 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

-Dastur doirasida qiymati 111,1 mlrd.so‘mlik 53 loyiha ishga tushirilib 390 ta yangi ish ‘rinlari;

-Dasturdan tashqari qiymati 5,1 mlrd.so‘m bo‘lgan 4 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 16 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shundan:

Sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 50 mlrd.so‘m bo‘lgan 11 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 76 ta yangi ish o‘rinlari;

Xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida umumiy qiymati 30,2 mlrd so‘m bo‘lgan 28 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 207 ta yangi ish o‘rinlari;

Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida umumiy qiymati 36 mlrd so‘m bo‘lgan 18 ta loyihalar amalga oshirilishi natijasida 123 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Jumladan:

Sanoat soxasida “Bulung‘ur Eksport Import” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 15,5 mlrd.so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i 7 mlrd.so‘m, bank krediti 8,5 mlrd.so‘m) yillik ishlab chiqarish quvati 12 ming tonna bo‘lgan “chorva va parrandalar uchun ozuqa em mahsulotlarini ishlab chiqarish” loyihasini amalga oshirish natijasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Qishloq xo‘jalik soxasida “Bulung‘ur meva-sabzavot” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 14786 mln.so‘mlik (shundan o‘z mablag‘i 5 mlrd.so‘m, Xorijiy bank krediti 932 ming AQSH dollar) sig‘imi 2000 tonna bo‘lgan “muzlatkichli omborxona tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha yangi 5 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Xizmat ko‘rsatish soxasida “Bulung‘ur shifo” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 2050 mln.so‘mlik (barchasi o‘z mablag‘idan) “tibbiy xizmat va labarotoriya xizmati tashkil etish” loyihasini amalga oshirish natijasida qo‘shimcha yangi 10 ta ish o‘rinlari yaratildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM