Qarzdor otadan 40 mln. so‘m  aliment undirildi

Fuqarolik ishlari Jomboy tumanlaro sudining 2014 yil 14 apreldagi qaroriga asosan qarzdor V.X.dan undiruvchi Sh.Ya.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun tщrtdan bir qism miqdorda aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan  ijro ishi yuritilgan.

 

Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.

 Qarzdor V.X.ning aliment qarzdorligi qayta hisob-kitob qilinganda bugungi kunga  kelib 40 mln. so‘m bo‘lganligi ma’lum  bo‘ldi.

Ushbu qarzdorlikni to‘lashlik uchun qarzdor bilan o‘tkazilgan profilaktik suxbatlar natijasida qarzdor alimentni to‘liq to‘lash istagi borligini bildirdi va shu kuni 40 mln. so‘mni to‘lab berdi.

                 

Sa’dulla BURXONOV,

MIB Bulung‘ur tuman bo‘limi davlat ijrochisi

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM