Хotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda

Bugungi kunda Bulung‘ur tumanida xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, bandligini ta’minlash va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida bir qancha salmoqli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, “Ayollar daftari” ham ayni shu maqsad yo‘lidagi sa’y harakatlarni manzilli va tizimli amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, ro‘yxatning ikkinchi bosqichida Bulung‘ur tumanidan 9 ta toifadagi 2152 nafar 30 yoshdan oshgan xotin-kizlar kiritilgan.

Bulung‘ur tumani hokimi Baxodir Baxromov mazkur ro‘yxatga olingan ayollar muammolarini ijobiy va samarali hal etilishi holatini o‘rganish, ularning shaxsan o‘zlari bilan suhbatlashib, talab va takliflarini tinglash, kelgusi vazifalarni shunga ko‘ra aniq belgilab olish maqsadida joylarda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan yaqindan suhbatda bo‘lmoqda.

 

Xususan, ana shunday uchrashuvlar Mingchinor, Gulzor, Bo‘dana, Sohibkor, Oqtosh mahalllaridagi ayollar bilan o‘tkazildi.

 

Uchrashuvlarda mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hisobotlari tinglanib, ro‘yxatga olingan har bir ayolning muammosini qay tariqa ijobiy hal etish rejalashtirilayotganligi bilan qiziqdi.

 

Shundan so‘ng, bugungacha ro‘yxatda turgan ayollar bilan suhbatlashib, ularning oilaviy ahvoli, kelgusi rejalari, qiziqishi, qo‘lida qanday kasb-hunari borligini so‘ramoqda.

 

Ta’kidlash kerakki, bu kabi individual suhbatlar natijasida Oqtosh, Sohibkor mahallalarida ayollar muammolarini hal etish, oilasiga qo‘shimcha daromad manbayi yaratish borasida noto‘g‘ri yondashuvlar bo‘layotganligi oydinlashdi.

 

 

 

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM