Bulung'ur tumani hokimining qarori

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari qirqinchi va xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyalarini chaqirish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan.

QAROR QILAMAN:

I. a) Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari qirqinchi sessiyasi 2021-yilning 8- sentabr kuni soat 16:00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.

b) Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari qirqinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masala kiritilsin.

1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni o‘tkazuvchi 7-Samarqand saylov okrugining Bulung‘ur tumandagi uchastka saylov komissiyalari azoligiga nomzodlarni tavsiya etish haqida.

II. a) Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi 2021-yilning 15-sentabr kuni soat 16:00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.

 b) Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi qirq birinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.

1.Bulung‘ur tumanida mavjud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va asosiy ko‘rsatgichlarni 30 foizga oshirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar dasturini ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Xabibullayev hisoboti.

2.Davlat soliq inpeksiyasi rahbari Sh.Eshmurotovning mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, ular tomonidan qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida hisoboti.

3.Tumanda investisiyalar jalb qilish va investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Xaliqulov hisoboti.

4.O‘zbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq Bulung‘ur tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, maydonlar, ziyoratgohlar, qishloq aholi punktlari, ko‘chalarni nomlash va qayta nomlash hamda tartibga solish to‘g‘risida.

5.Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida uchrayotgan dolzarb muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari A.Xazratqulov hisoboti.

6.Boshqa masalalar.

III. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM