Yoshlardan targ‘ibot aksiyalari

Mustaqilligimizning 30 yillik tantanalari ham yaqinlashib kelmoqda. Ushbu qutlug‘ bayramni munosib nishonlashga har kim o‘z hissasini qo‘yshishni istaydi.

 

Jumladan, yoshlar ham bu borada tashabbus bilan chiqishib, yurtdoshlarimizga bayram kayfiyatini ulashishga harakat qilmoqdalar.

 

Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi volontyor yoshlar bilan birgalikda joylarda targ‘ibot loyihalari olib borishib, bayram munosabati bilan tabriklangan yozuvlarni ommalashtirishmoqda.

 

Albatta, ko‘cha-ko‘yda ushbu yozuvlarga ko‘zi tushgan kishi har qanday tashvishda yurgan bo‘lmasin, beixtiyor bayram daragini eslab, kayfiyati ko‘tarilishi shubhasiz.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM