Axborot xizmatlarining faoliyat samaradorligi baholandi: 10 ta “yuqori”dan 5 tasi Samarqand viloyatidan

Prezident Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra, tuman va shahar hokimliklari kesimida 206 nafar matbuot kotibining faoliyati baholandi.

 

Natijalarga ko’ra, tuman va shahar hokimlikari yo’nalishida 10 nafari “yuqori”, 83 nafari “o‘rta”, 70 nafari “qoniqarli”, 38 nafari “past daraja”li deb topilgan.

 

E'tiborlisi, yuqori darajada baholangan 10 tuman-shaharlardan 5 tasi Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bular: Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlari, Bulung’ur, Samarqand, Jomboy tumanlaridir. Shuningdek, 7 tuman hokimligi “o‘rta”, 3 ta tuman hokimligi axborot xizmati faoliyati “qoniqarli” deya baholangan.

 

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati faoliyati ham “yuqori daraja”da baholangan bo’lib, quvonarlisi, boshqa viloyatlardan farqli ravishda, viloyatimizda birorta tuman hokimligida axborot xizmati “past daraja”da baholanmagan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM