Bulung‘ur tumani hokimining qarori: Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan

QAROR QILAMAN:

I. Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi 2021-yilning 27-avgust kuni soat 16:00 da tuman hokimligining majlislar zalida chaqirilsin.

II. Xalq deputatlari tuman Kengashining o‘ttiz to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin.

1. Xalq deputatlari Bulung‘ur tuman Kengashining 2021-yil II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-6155-sonli Farmonining ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari A.Bo‘riboyev hisoboti.

3. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning rahbarligida 2021-yil 24-mart kuni kengaytirilgan tarizda o‘tkazilgan videoselektor majlisining 16-sonli bayonnomasi 7-bandining ijrosini taʼminlash yuzasidan sektor rahbarlari tomonidan yagona onlayin tizimiga malumotlarni kiritilishi yuzasidan qiliniyotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurori S.Saidovning hisoboti.

4. Bulung‘ur tumanidagi xalq ta’limi muassasalarida 2021-2022-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Z.Aliqulovaning hisoboti.

5. Yoshlar ishlari agentligi Bulung‘ur tuman bo‘lim boshlig‘i K.G‘apparovning tumanida yoshlarning ro‘lini oshirish hamda bandligini taminlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvatlash “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar muomolarini hal etish borasida amalga oshirilgan oshirilgan ishlari to‘g‘risida hisoboti.

6. Boshqa masalalar.

III. Mazkur qaror matbuotda e'lon qilinsin.

 

Tuman hokimi                        B.Baxromov

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM