Bulung‘urlik yoshlar Forishda bo‘lishdi

So‘nggi yillarda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy jamoalari turli xalqaro tanlov va musobaqalarda munosib ishtirok etishi hamda bu kabi musobaqalarning yurtimizda ham o‘tkazilib borilishi an’angaga aylanmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan “Forish tog‘ poligoni”da VII xalqaro armiya o‘yinlarining “Harbiy tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” bahslari o‘tkazilmoqda. Joriy yil 22 avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosiimda Bulung‘ur tumanidan ham 120 nafar yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur sayohat davomida yoshlar harbiylar hayoti, harbiy texnikalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM