BULUNG'UR TUMANIDA "SALOMATLIK YO'LAKLARI" VA "VELOYO'LAKLAR" FOYDALANISHGA TOPSHIRILISH ARAFASIDA

Davlatimiz Mustaqilligining 30 yilligiga munosabati bilan hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Bulung‘ur tumani, Sayilgoh ko‘chasida 1 km uzunlikda salomatlik yo‘lagi hamda 1 km uzunlikda veloyo‘laklari, Uvaysiy ko‘chasida 1,9 km uzunlikda salomatlik yo‘lagi va 1,9 km uzunlikda veloyo‘laklari qurilib foydalanishga topshirilish arafasida.

 

Shuningdek, tumanning 4 ta mahallasi (Samarqand, Bulung‘ur, Nurli yo‘l, Amir Temur)da zamonaviy Workout maydonchasi foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

 

Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi axborot xizmati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM