Tashabbusli byudjet loyihasida ovoz berish osonlashdi

Openbudget.uz saytida fuqarolar uchun «Tashabbusli byudjet» loyihasi e’lon qilinib, unda fuqarolar uchun mahalliy byudjetning bir qismini qayerga ishlatishni o‘zlari hal qilish imkoniyati taqdim qilingan.

 

Moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha https://t.me/minfinuzb/4005, portalda 3 xil usulda ovoz berish imkoniyati mavjud:

 

1."Ochiq budjet" axborot  portalidan ro‘yxatdan o‘tish orqali.

 

2. Ro‘yxatdan o‘tmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sms kod orqali ovoz berish.

 

3. Offlayn ovoz berish

 

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli Qaroriga muvofiq Bulung‘ur tumani uchun Respublika budjetidan 6 mlrd. 167 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lsa, tuman mahalliy budjetidan 415.6 mln. so‘m mablag‘ ajratilgan.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM