Navbatdagi seminarda uzum etishtirish istiqbollari muhokama qilindi

Bulung‘ur tumani aholisi uchun yangi soha emas. Sababi, mahalliy aholi azaldan ushbu soha bilan shug‘llanib kelgan va bu borada o‘ziga xos tajribaga ega. Biroq, so‘nggi yillarda tumanda ushbu sohani yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yil 19 avgustda tumanda “Samarqand viloyatida uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash” mavzusida viloyat amliy seminari bo‘lib o‘tdi. Tumandagi Gulzor mahallasida bo‘lib o‘tgan seminarda soha mutasaddilari, mahalla raislari hamda fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etishdi.

Seminarda dastlab tuman hokimi Baxodir Baxromov tomonidan Bulung‘ur tumanida uzumchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ma’lumot berib o‘tildi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori Jamshid Ahmedjanov, “Solor Power” MChJ rahbari Abdullaev Saidjalol, “IFODA AGRO KIMYO HIMOYA” MChJ Samarqand viloyati filiali rahbari Zafar Shirinovlar so‘zga chiqib, sohada joriy etilishi mumkin bo‘lgan bugungi kun ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risida ma’lumot berib, ko‘rgazmali tarzda tushuncha berdilar.

Shundan so‘ng, seminar qatnashchilari, tumanning aholi xonadonlarida uzum yetishtirish bo‘yicha Chorbog‘ mahallasi tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mahalladagi Sulton Pardaev xonadonida yetishtirilayotgan uzumlarning navlari, agrotexnik ishlav berish tajribalari, xarajati-yu sof daromadi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM