Bulung‘urda noqonuniy aroq ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Huquq tartibot idoralarining hamkorlikdagi “Jinoyatchilikka qarshi kurashish” tadbiri doirasida Bulung‘ur shahri, «Guliston» mahallasida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida noqonuniy ravishda aroq ishlab chiqarish sexini yo‘lga qo‘yganligi aniqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmatiga tayangon holda zarnews.uz sayti xabar bermoqda.

 

Tadbir davomida xonadonda 330 litr spirt, 163 dona aroq, «Stolichniye» va «Serebrof» nomli etiketkalar, 362 ta aroq qopqoqlari, 60 o‘ram shisha og‘zini yopish uchun mo‘ljallangan sellofanlar borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

 

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, aniqlangan holat bo‘yicha IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM