Matbuot anjumanida tuman obodligi yo‘lidagi masalalar muhokama etildi, bir qancha raqamlar ochiqlandi

Joriy yil 12 avgust kuni Bulung‘ur tuman hokimligi tomonidan navbatdagi matbuot anjmuni tashkil etildi. Unda Ekologik partiya raisi B.Il’chiev, “Toza hudud” DUK tuman filiali rahbari A.Mamarasulov hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tuman inspeksiyasi inspektori S.Abdullaev tomonidan tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, tumanning ozoda qiyofasini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lmuot berildi.

 

“Toza hudud” DUK tuman filiali rahbari A.Mamarasulovning ma’lum qilishicha, tumanda 2 ta kichik chiqindi yig‘ish maydonchasi hamda 1 ta asosiy chiqindi yig‘ish maydonchasi va mahallarda 26 ta konteynerlar  mavjud. Filialda 12 ta maxsus chiqindi tashuvchi va 1 ta ag‘darma avtomashina (samosval), 1 ta assonizator, 1 ta multilift avtomashina hamda 1 ta yuk ortadigan MTZ belarus 82.1 traktori, jami 16 ta texnikalar bor. Hozirgi kunda jami 45 nafar xodim faoliyat olib bormoqda. Qo‘shimcha mahallalarni qamrab olish va 2-smenali ish tashkil etish natijasida yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bunda 5 ta haydovchi, 8 ta yuklovchi va 4 ta aholi nazoratchilari ishga qabul qilindi.

Savol-javoblardan ma’loum bo‘ldiki, korxona qurilishlardan hosil bo‘lgan qattiq chiqindilarni olib ketmaydi. Bu xizmat alohida shartnoma asosida ko‘rsatiladi. Shuningdek, korxona 37 mln. so‘m kredit evaziga plastmassa idishlarni maydalovchi qurilma keltirgan. Natijada yig‘ilgan chiqindilar birlamchi ishlovdan o‘tkaziladi va qayta ishlovchi korxonalarga yuqoriroq narxda topshiriladi. Bundan tashqari, yaqin kunlarda 823 mln. so‘m mablag‘ evaziga qog‘ozga qayta ishlov berib, salfetka va hojatxona uchun qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Daromaddan kelgan mablag‘ evaziga yana 2 ta maxsus chiqindi tashuvchi texnika xarid qilinishi va tuman bo‘ylab qamrovni 100 foizga yetkazish ko‘zlangan.

Jurnalistlar chiqindi urnalarining zararli bakteriyalardan zararsizlantirish masalasi bilan qiziqishdi. Ma’lum qilinishicha, shu maqsadda korxona tuman sanitariya osoyishtaligini saqlash markazi bilan shartnoma tuzgan va yillik to‘lovlarni ham amalga oshirgan. Natijada urnalar haftada bir marotaba markaz tomonidan zararsizlantirilishi kerak...

 Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tuman inspeksiyasi inspektori S.Abdullaevning ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan 6 oy mobaynida 182 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, davlat byudjetiga 46 mln. 878 ming so‘m jarima undirilgan. Shuningdek, inspeksiya tashabbusi bilan budjet tashkilotlarida 300 dona chiqindi uchun maxsus urnalar o‘rnatilgan va bu boradagi jarayonlar davom etmoqda.

Jurnalistlarning daraxtlarni kesish bilan bog‘liq savollariga javoban ma’lum qilindiki, har kim o‘z kadastr hujjatida ko‘rsatilgan hudud ichidagi daraxtlarnigina kesish huquqiga ega. Boshqa hollarda Davlat xizmatlari markazi orqali ariza yuboriladi va ruxsatnoma olish zarur bo‘ladi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar o‘z savollariga javob olishib, sohada olib borilayotgan ishlar ko‘lami keng ekanligini va bu ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib qilib borish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlashdi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM