Bulung‘ur tuman hokimligi xodimlari ingliz tilini o‘rganmoqda

Ma’lumki Prezident qaroriga muvofiq, davlat organlarini yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar bilan to‘ldirish maqsadida davlat xizmatchilari xorijiy tillarni o‘zlashtirishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi belgilangan.

 

Xususan, mazkur qarorga ko‘ra:

-2021 yil 1 iyuldan boshlab davlat organlari ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba xodimlarni xorijiy tilga o‘qitish amaliyotini yo‘lga qo‘yishi;

-2022 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boshqaruv idoralarining barcha bo‘g‘inlari xodimlariga (tashkilotlarning budjetdan tashqari hamda ish haqi fondi doirasida budjet mablag‘lari hisobidan) lavozim maoshiga nisbatan 20 foizgacha qo‘shimcha ustama to‘lanishi belgilangan.

Bugun, 13 avgust kuni tuman hokimligi apparat xodimlari uchun bo‘lib o‘quv soatida ingliz tilini o‘rgatishga qaratilgan ilk dars bo‘lib o‘tdi. Unda hokim o‘rinbosarlari, hokim maslahatchilari, bo‘lim boshliqlari, bosh va yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi. Dars mashg‘uloti tumandagi 11 maktab ingliz tili fani o‘qituvchisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Nurbek Borotov tomonidan olib borildi.

Ilk mag‘ulot amaliy tarzda olib borilib, tovshular talaffuzi va so‘zlashuv ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar bajarildi.

 

Darslar haftada bir marta, juma kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM