Muhim ahamiyatga ega tadbir

Ma’lumki, 2023 yilda aholini ro‘yxatga olish ishlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan va bunga hozirdanoq tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Ko‘lamining kengligi va ahamiyati jihatidan muhim bo‘lgan ushbu tadbirga hozirdanoq har tomonlama puxta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Avvalo, ro‘yxatga olish ishlarini o‘z vaqtida va puxta tashkil etishga erishish maqsadida jahon tajribasini o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Bir qator xalqaro tashkilotlar, xususan, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA), Jahon banki , AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID), BMTning Bolalar jamg‘armasi (UNISEF) hamda ko‘plagan xorijiy davlatlarning ekspertlari tomonidan zarur uslubiy tavsiyalar berish, o‘zaro tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgan.

Yana bir muhim jihati, mamlakatimizning 4 ta hududida sinov tariqasida joriy yildan boshlangan aholini ro‘yxatga olish tadbirlari 2023 yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rishning muhim bosqichi hisoblanadi. Mazkur amaliyot uslubiy, texnik va tashkiliy masalalarni qayta ko‘rib chiqish imkonini bergani bois, unda qancha ko‘p respondentlar (aholi) qatnashsa, shuncha ko‘p kamchiliklarni aniqlash va tuzatishga sharoit tug‘iladi va respublika darajasida bo‘ladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirining sifatli va samarali o‘tkazilishi ta’minlanadi.

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM