Navbatdagi matbuot anjumani o‘tkaziladi

Hurmatli bulung‘urliklar, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar!

 

Joriy yil 12 avgust kuni Ekologiya partiyasi Bulung‘ur tuman Kengashi tashabbusi bilan matbuot anjmuni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Unda partiya tashkiloti tuman Kengashi raisi B.Ilchiyev, tuman Kengashi deputati hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tuman inspeksiyasi rahbari B.Sanaqulov, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi rahbari A.Mamarasulov ishtirok etadi va unda tumanda obodonchilikni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot beriladi.

 

Matbuot anjumani soat 11:00 da “Bulung‘ur hayoti” gazetasi binosida bo‘lib o‘tadi.

 

Soha yuzasidan o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizni @Bulungur_aloqabot manziliga yuborishingiz mumkin.

 

Matbuot anjumani tuman hokimligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida onlayn rejimda kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi - https://www.facebook.com/bulungurpress 

 

Tadbirga barcha ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni taklif qilib qolamiz.

 

Bulung‘ur tuman hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM