Bulung‘urda “Tabiatni asraylik!” aksiyasi o‘tkazildi

Shu kunlarda Bulung‘ur tumani bo‘ylab “Tabiatni asraylik!” aksiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bugunga qadar aksiya doirasida 10 mingdan ortiq mevali hamda manzarali daraxt va butalar sug‘orilib, zararkunandalarga qarshi profilaktika ishlari amalga oshirildi.

 

Shuningdek, bugun, 11 avgust kuni Bulung‘ur tuman Ekopartiya tashabbusi bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Bulung‘ur tuman inspeksiyasi, “Toza hudud” davlat unitar korxonasi tuman bo‘limi, “Obodonlashtirish” boshqarmasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida tumandagi “Bulung‘ur” mahallasida daraxtlar va yosh nihollarni, istirohat bog‘i hududidagi manzarali daraxt hamda gullarni sug‘orish, atrof-muhitni chiqindilardan tozalash ishlari olib borildi.

Ta’kidlash kerakki, ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan aksiya daoirasida bog‘ hududi turli chiqindilardan tozalandi, 428 tup daraxt va butalar, gullarga obi-hayot berildi.

Albatta, tumanimiz obodligida bu kabi aksiyalarning ham o‘rni muhim. Biroq, o‘z yashab turgan uyimiz obodligi uchun har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz lozim.

Aziz yurtdosh, yurtimiz obodligiga siz ham o‘z hissangizni qo‘shing va buni avvalo o‘z uyingiz atrofidan boshlang! Zero, biz kelajak uchun javobgarmiz!

2015-2024 © Булунғур туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM